YESU MUNKE
YESU MUNKE (7-1251) — Chig’atoy ulusi xoni (1246-51). Chig’atoyning o’g’li, Chingizxonning nabirasi. Ulug’qoon Guyukxon (1246-48) farmoniga ko’ra qora Hulaguning o’rniga ulus taxtiga uning yaqin do’sti Yesu Munke o’tirgan. Rashiduddinning yozishicha, Yesu Munke ichkilikka shu qadar mayl qo’yganki, nafaqat davlat ishlari bilan, balki o’zining o’rdasi ishlari bilan ham shug’ullana olmay qolgan. Barcha ishlarni xotini Tukashi boshqargan. Yesu Munke Mo’g’ullar davlatita Munkening ulug qoon bo’lishiga qarshi chiqqan. Yesu Munke 1251 y.gi qurultoyga kelganida Munke tarafdorlari tomonidan qo’lga olinib, Botuxon o’rdasiga yuborilgan. Botu Yesu Munkeni yurtiga qaytarib yuborgan, qora Hulaguning bevasi Orqina xotun esa uni qatl etgan.