YESSENTUKI
YESSENTUKI — Rossiya Federatsiyasi Stavropol o’lkasidagi shahar (1917 yildan). Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 88 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Kavkaz mineral suvlari guruhidagi balneologik kurort. Podkumok daryosi vodiysida, 600-640 metr balandlikda joylashgan. Iqlimi mo’tadil kontinental. Yozi iliq, qishi yumshoq. Iyulning o’rtacha temperaturasi 20°, yanvarniki -4°. Yiliga 520 millimetr yog’in yog’adi. Mineral karbonatli buloklar suvi ichiladi va qadoqlanib jo’natiladi, Yessentuki, narzan suvi vannasiga tushiladi. Tambukan ko’lidan keltirilgan balchiq bilan davolash ham qo’llaniladi. Me’da-ichak, jigar, jigar va o’t yo’llari, moddalar almashinuvi buzilishi (ortiqcha semirish, podagra, qandli diabet) kasalliklari bilan og’rigan bemorlar davolanadi. Yessentuki 1798 yilda qurilgan harbiy istehkom o’rnida 1839 yilda vujudga kelgan. O’sha yildan kurort sifatida rivojlanmoqda. Oziq-ovqat (jumladan, mineral suv qadoqlash) va yengil sanoat korxonalari bor.