YER TARKIBI
YER TARKIBI — davlat yer fondining xalq xo’jaligi tarmoqlari o’rtasidagi taqsimoti, yer turlarining nisbati, salmog’i va maydon ko’rsatkichlari bo’yicha ma’lumotlar yig’indisi. O’zbekiston Respublikasining yaxlit yer fondi qanday maqsadda foydalanishiga qarab quyidagilarga bo’linadi: qishloq xo’jalik yerlari; aholi punktlari yerlari (shaharlar, shaharchalar, qishloq aholi punktlari yerlari); sanoat, transport, aloqa va boshqalarning yerlari; tabiatni muhofaza qilish, sog’lomlashtirish, rekreatsion va tarixiy-madaniy maqsadlarga mo’ljallangan yerlar; o’rmon fondi yerlari, suv fondi yerlari, zaxira yerlar. Qishloq xo’jalik ehtiyojlari uchun berib qo’yilgan yoki ana shu maqsadlarga atab ajratilgan yerlar qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar deb hisoblanadi.