YER HARORATI BIRLIGI
YER HARORATI BIRLIGI – yer po’stining har xil chuqurlikdagi haroratini Tselsiy gradusi birligida o’lchanadigan miqdori. 100° izotermalar 2,2 kilometrdan 6,2 kilometrgacha chuqurlikda, 500° li izotermalar 9 kilometrdan 53 kilometrgacha chuqurlikda namoyon bo’lishi aniqlangan. Yer harorati birligi asosan geotermii gradient bilan bog’liq. Shimoliy va Markaziy Tyanshanda temperatura gradienti 7-40°/kilometrni tashkil qiladi, o’rtachasi 25°/kilometrga teng. Masalan, Tyanshan tog’laridagi botiqdarda burg’ilash bilan ochilgan yer po’stidagi tog jinslari haroratini bevosita o’lchash natijalari asosida 100° va undan ortiq izotermalar xaritasi tuzilgan. Issiqlik oqimining zichligi 16-134 Vt/ metr kvadrat miqdorda bo’lib, o’rtachasi 55 Vt/ m2 ga teng. Chatqol-Qurama rayonida 30°/ kilometr va undan ortiq miqdorga ega.