TSELLULOID

TSELLULOID (tsellyuloza va Yunoncha eidos — ko’rinish) shaffof plastik material; tarkibida plastifikator va bo’yagichlar bo’lgan kolloksilin (tsellyuloza nitrat) asosidagi plastmassa. O’lchov asboblarining ko’rsatkich oynalari, planshetlar, chizg’ichlar, muzika asboblari va yozuv mashinalari klaviaturalarini tayyorlashda qo’llanadi. Yonuvchanligi tufayli Tselluloidning o’rniga boshqa tsellyuloza efirlari va sintetik polimerlar ko’proq ishlatilmoqda.