Qaysi musiqa asbobi quvurdan paydo bo’lgan?
XV asrda Fransiyada yangi musiqa asbobi — trombon-miskarnay vujudga keldi. U quvurdan paydo bo’lgan: uni obdon o’zgartirdilar va siljiydigan naycha-kulis qo’shdilar. Kulisning holatiga bog’liq holda (ko’proq yoki kamroq siljishiga qarab) musiqa asbobining umumiy uzunligi, shuningdek quvurcha ichida tebranib turuvchi havo havozasining uzunligi o’zgarib turadi. Demak, tovush balandligi ham o’zgaradi. Miskarnay mis puflama musiha asboblari guruhida faxrli o’rinlardan birini egallaydi. Uning juda kuchli, butun orkestr sadosini bosib ketadigan ovozi bor. Bir necha miskarnaylar birvarakayiga chalinsa, bunday musiqa tantanavorlik va shukuh baxsh etadi.
O‘xshash so‘zlar
- Qaysi hududda eng ko‘p tuxum olingan?
- Qaysi musiqa asbobi birinchi yaratilgan?
- Qaysi musiqa asbobi damdan tayyorlangan?
- Qaysi o’simliklardan gazmol tayyorlanadi?
- Qaysi kasalliklar erta qarishga olib keladi?
- Qaysi mamlakat eng ko’p soat ishlab chiqaradi?
- Qaysi biri ustun? Tik tokmi yoki ta’lim-tarbiyami?
- Qaysi dongdor opera bor-yo’g’i 13 kunda yaratilgan?





