TSENOGENEZ
TSENOGENEZ (Yunoncha kainos — yangi va …genez) — organizmning embrional yoki lichinka rivojlanishining o’ziga xos sharoitlariga moslashuvi. Tsenogenezga amnion, xorion, allantois, sariqlik xaltasi, yo’ldosh va boshqa provizor (vaqtinchalik) murtak organlar, embrional rivojlanish tezligi, embrion varaqlari hosil bo’lishi va joyining o’zgarishi misol bo’ladi, «Tsenogenez» terminini nemis olimi E.Gekkel o’zining biogenetik qonun kontsepsiyasida taklif etgan (1866). Dastlab Tsenogenez ontogenezdagi har qanday o’zgarishlarga nisbatan ishlatilgan. Tsenogenezning A.N. Seversov ishlab chiqqan filembriogenez nazariyasida (1912) Tsenogenezga faqat embriologik va lichinkalik moslanish tarzida qaraladi.