TSERNIKE (ZERNIKE) FRIS

TSERNIKE (ZERNIKE) FRIS (1888.16.7, Amsterdam — 1966.10.3, Groningen) — niderland fizigi, Niderlandiya Qirollik Fanlar Akademiyasi a’zosi (1946). Amsterdam universitetini tugatgan (1912). Groningen univrsitetida ishlagan (1913 yildan, 1920-58 yillarda professor). Asosiy ilmiy ishlari optika, matematik statistika va boshqalarga oid. Optik asboblar, xususan, teleskop va mikroskop nazariyasini yaratgan. Nobel mukofoti laureati (1953).