TSIKLOIDA
TSIKLOIDA (Yunoncha kykloeides — doirasimon) — tekislikda bir to’g’ri chiziq bo’ylab sirpanmay g’ildirovchi aylanadagi nuqta chizadigan yassi egri chiziq. Aynala Tsikloidaning yasovchisi deb ataladi. Nuqga aylananing o’zida yotsa, oddiy Tsikloida, aylana ichida yotsa, qisqartirilgan Tsikloida, aylana tashqarisida yotsa, uzaytirilgan Tsikloida hosil bo’ladi. Masalan, qordan yasalgan tepalik sirt Tsikloida shaklida bo’lsa, undan tez sirpanib tushiladi. Tsikloida sirtida tebranib harakatlanayotgan og’ir sharchaning tebranish davri uning amplitudasiga bog’liq bo’lmaydi. Bu xossadan foydalanib X. Gyuygens mayatnikli soat yasagan. Tsikloidaga doyr dastlabki tadqiqotlarni 16-asrda G. Galiley olib borgan. Keyinchalik R.Dekart, B.Paskal ham Tsikloida bilan shug’ullanishgan. Tsikloida texnika va mexanizmlar nazariyasida qo’llanadi.