TSISTERNA

TSISTERNA (lotincha — suv havzasi, hovuz) — suyuqliklar, suyultirilgan gazlar, to’kiladigan mahsulotlar (neft mahsulotlari, sut, un, tsement va boshqalar) ni saqlash yoki tashish uchun mo’ljallangan sun’iy berk idish. Beton, temir-beton, po’lat, alyuminiy qotishmalari va boshqa materiallardan yasaladi. Tsisternaning muqim (statsionar), Kuchma, yer ustiga o’rnatiladigan yoki yer tagiga ko’miladigan turlari bor. Tsisterna unda saqlanayotgan yoki tashilayotgan mahsulotlarning sifatini nazorat qilib turish uchun mo’ljallangan asboblar, mahsulotlarni kuyish yoki bo’shatish qurilmalari bilan jihozlanadi. Ko’chma Tsisterna avtomobillar, traktorlar, temir yo’l vagonlarida olib yurilishi mumkin.