G’ARBIY SHAMOLLAR OQIMI

G’ARBIY SHAMOLLAR OQIMI -Janubiy yarim shardagi yuza oqim, g’arbdan sharqqa yo’nalgan. Taxminan 40° va 55° j.k.lar oralig’ida Atlantika, Hind va Tinch okeanlarni kesib o’tib, yer sharini aylanib chiqadi. Uzunligi 30 ming kilometr, eni 1000 kilometr chamasida. Suvining temperaturasi shimoliy qismida 12-15° dan Janubda 1-2° gacha o’zgaradi. Yuza qatlamidagi tezligi 0,4—0,9 kilometr/soat, chuqur qismida 0,4 kilometr/ soatgacha. G’arbiy shamollar oqimidan Atlantika okeanida Bengaliya oqimi, Hind okeanida G’arbiy Avstraliya, tinch okeanda Peru oqimlari ajralib chiqadi. G’arbiy shamollar oqimi zonasida tez-tez kuchli bo’ronlar bo’ladi.