G’OZSIMONLAR

G’OZSIMONLAR — qushlar turkumi. Palamedeyalar va o’rdaksimonlar oilasiga bo’linadi. 150 turi ma’lum. Yirik va o’rtacha kattalikdagi suv ekosistemalarida yashaydi. Antarktidadan tashqari hamma qit’alarda tarqalgan. Ko’pchiligi monogam. Tuxumlarini, asosan, modasi bosadi. 2-3 yilda voyaga yetadi. Ko’pchilik turlari uzoq migrasiya qiladi. Suvda yaxshi suzadi va sho’ng’iydi. Tez uchadi. Bir necha turi ov ob’yekti hisoblanadi. Suv havzalaridan intensiv foydalanish G’ozsimonlar sonining kamayishiga sabab bo’lmoqda. O’zbekistonda G’ozsimonlarning 36 turi uchraydi. Vishildoq va qiyqiroq oqqushlar, oq peshonali kichik g’oz, qiziltomoq g’oz, marmar churrak, olaqanot, oqbosh o’rdak va boshqa turlari O’zbekiston Respublikasi qizil kitobiga kiritilgan.