G’ULJA TEKISLIGI
G’ULJA TEKISLIGI – XXRning g’arbiy qismidagi tekislik, Sinszyan Uyg’ur Muxtor rayonida. Ili daryosining yuqori oqimidagi vodiysi, Boroxoro tog’i va ketmon tog’oldi tekisliklari G’ulja tekisligi tarkibida. Balandligi 670-800 metr. Yillik yog’in 225 millimetr. Ili daryosi vodiysi, asosan, dasht landshaftidan iborat. Tog’ oldi tekisliklarida har xil boshokli o’tlar o’sadi. Katta qismi o’zlashtirilib, sug’orib dehqonchilik qilinadi. Aholi zich joylashgan. Mevali bog’lar bor.