G’AFUR G’ULOM

G’AFUR G’ULOM (taxallusi; asl nomi G’ulomov G’afur) (1903.10.5 — Toshkent — 1966.10.7) — O’zbekiston xalq shoiri (1963). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1943). Toshkent shahrida Qo’rg’ontegi mahallasidagi eski maktab va madrasada, rus-tuzem (1916) va «hayot» maktablarida (1918) o’qigan. Mustaqil hayot yo’lini erta boshlab, kosibchilik, tunukasozlik, harf teruvchilik singari turli kasblar bilan mashg’ul bo’lgan. O’qituvchilarni tayyorlash kurslarini tugatib, «Cho’lpon» (1919), «hayot» (1924) maktablarida muallim, bolalar uyi (1926), «urfon» maktabida mudir (1928). «Kambag’al dehqon» (1928 yildan) va «Sharq haqiqati» gazetalarida (1929 yildan) mas’ul kotib, «Mushtum», «Yer yuzi» jurnallari va «qizil O’zbekiston» gazetasida adabiy xodim (1930-42), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim (1943-66). 30-yillarning boshlaridan shoir, hikoyanavis, dramaturg, tarjimon sifatida ijod etib, «Dinamo», «yigit», «egalari egallaganda», «Xitoydan lavhalar» (1931), «tirik qo’shiqlar» (1932), «Ko’kan» (1934), «Sizga» (1935), «Chashma» (1939) she’riy to’plam va dostonlari, «Jo’rabo’za» hikoyalar to’plami, «Netay» (1932), «tirilgan murda» (1935), «Yodgor», «Shum bola» (1938) qissalari va «muxbir sudi» (1929) pesasini nashr etgan. Bundan tashqari, V.Mayakovskiyning «Hayqiriq» (1929), Hodi Toqtoshning «muhabbat tavbasi» (1931) dostonini o’zbek tiliga tarjima qilgan. Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonini nashrga tayyorlagan. G’afur G’ulomning ijodiy tadriji 3 davrdan iborat. 30-yillarni o’z ichiga olgan 1-davrda G’afur G’ulom ko’plab she’r, maqola va ocherklar yozgan. Ularning aksari davrning o’tkinchi mavzulariga bag’ishlangan. G’afur G’ulom shu davrda yaratgan nasriy asarlarida xalq hayotini, tarixini, turli ijtimoiy qatlamlarga mansub kishilarning ruhiy olami va nutqini mukammal ifoda etgan. G’afur G’ulom «Netay» va «Yodgor» qissalarida tasvirlangan ayol qahramonlar obrazi orqali ma’naviy buzilish, sharqona axloq me’yorlarini oyoqosti qilish katta fojiaga olib borishi mumkinligini ko’rsatgan. «Shum bola» qissasining bosh qahramoni obrazida G’afur G’ulom hayotning har qanday murakkab va mashaqqatli sinovlaridan o’ta biladigan, tegirmondan butun chiqadigan sho’x va zukko bola obrazini katta mahorat bilan tasvirlagan. Yozuvchi avtobiografik xarakterga ega bo’lgan bu asari bilan o’zbek adabiyotiga yangi bir tipni olib kirgan. Milliy bo’yoqlar bilan muzayyan bo’lgan bu asar ayni paytda umuminsoniy g’oya va qarashlar bilan yo’g’rilgan. Ijodining 2-davri — 2-jahon urushi yillarida G’afur G’ulom xalq va mamlakat hayotida kechayotgan fojiaviy voqealarni falsafiy rejada idrok va tasvir etuvchi asarlarni yaratgan («kuzatish»). Urush yillarida ota-onasiz krlib, O’zbekistonga ko’chirib keltirilgan bolalar haqidagi «Sen yetim emassan» she’ri yuksak insonparvarlik g’oyasi va gumanizmi bilan ajralib turadi. G’afur G’ulomning «Sog’inish», «Qish», «bizning ko’chada ham bayram bo’lajak» singari she’rlarida urush mavzui o’zining barcha qirralari bilan aks etgan. G’afur G’ulomning urushdan keyingi dastlabki oylarda yaratgan «vaqt» she’ri alohida ahamiyatga ega. G’afur G’ulom bu she’ri bilan o’zbek she’riyatidagi falsafiy-intellektual yo’nalishni yangi bosqichga olib chiqdi. 40-yillarning 2-yarmi — 50-yillardan shoir ijodining 3-davri boshlangan. G’afur G’ulomning shu davrda yaratilgan she’rlaridagi lirik qahramon endi urush jarohatlari malham topgan, tinchlik, do’stlik singari qadriyatlarning qadriga etuvchi kishidir. Ana shu lirik qahramonning ruhiy olami kechinmalari G’afur G’ulom she’rlariga ajib biryorqinlik bagishlagan («Toshkent». «Sizga», «onaxonlarga», «muharram», «bir lo’st xotirasi» va boshqalar). Ayni paytda ilk bor «Turksib yo’llarida» she’rida ko’zga tashlangan tarix Tuyg’usi shu davrda boshqa bir ko’rinishda. Lirik qahramonning g’urur va surur manbaini ifodalovchi omil sifatida G’afur G’ulom she’rlariga kirib kelgan («Alisher», «O’zbek zlining g’ururi» va boshqalar). Shuningdek, shoirning «yangi she’rlar», «she’rlar» (1946). «O’zbek elining g’ururi» (1949), «sharaf qo’lyozmasi» (1950). 4 jildli «tanlangan asarlar» (1956-59) singari to’plamlari shu yillarda nashr etilgan. G’afur G’ulom 50-60-yillarda ko’proq sho’ro jamiyatining etakchp kuchini sharaflovchi, turli bayramlarni olqishlovchi, xalqni paxtayaap mo’l hosil olishga chorlovchi she’rlarni yozishga majbur bo’lgan. Shunga qaramay, u she’riyatga o’zbek tilinnng shirali. rangli va go’zal qatlamlarini olib kirishga erishgan. G’afur G’ulom bolalarga bag’ishlangan talaygina she’rlar ham ezgan («Tongotar qo’shig’i», 1949: «bari seniki». 1953; «Turg’un va o’rdak». 1955; «bir g’uncha ochilgungacha», 1958). U turkiy va forsiy tilda yozilgan Sharq she’riyatining bilimdonlaridan va zamonaviy adabiy hayotning faol kuzatuvchilaridan biri sifatida Navoiy, Atoiy. Mashrab, Muqimiy, Muhiy, Furqat, Ajziy Xo’qandiy. Vasliy, Agipiy, Oybek, G’ayratiy, H. Olimjon, S.Abdulla singari o’zbek shoir va yozuvchilari, qardosh xalqlar adabiyotining Nizomiy, Jomiy, Pushkin, Lermontov, Gogol, Shevchenko, Mayakovskiy, Abay, To’g’aloq Mo’lda, Abdulla To’qay, Lohutiy va boshqa mashhur namoyandalari to’g’risida ko’plab alabiytanqidiy maqolalar yozgan. Shuningdek, G’afur G’ulom «Kulgichilik go’g’risida», «yumor va satira», «folklorni o’rganaylik» singari maqolalar ham yozib, hajviy alabiyotning janr xusueiyatlarnga doir qarashlarini o’rtaga tashlagan, o’zbek xalqining boy og’zaki ijodini o’rganish masalalariga jamoatchilik e’tiborini qaratgan. G’afur G’ulomning adabiy merosida badiiy tarjima katta o’rin tutadi. U yuqorida tilga olingan tarjima asarlaridan tashqari, U.Shekspirning «Otello». «Qirol Lir» tragediyalari. O’rdubodiyning «Besh so’mlik kelin», N.Hikmatning «bir sevgi afsonasi» pyesalari, M. Kozimiyning «qo’rqinchli Tehron» romani, shuningdek, Pushkin. Lermontov, Nekrasov va T.Shevchenko asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. Toshkentdagi metro bekatlaridan biri. Madaniyat va istirohat bog’i (2003 yilda ushbu bog’da unga haykal o’rnatildi. haykaltarosh J.Mirtojnev). Nashriyogmatbaa ijodny uyi. Qo’qon adabiyot muzeyi. Guliston davlat universitetiga G’afur G’ulom nomi bilan ataladi. «Shum bola». «Netay». «Mening o’grigina bolam». «Afandi o’lmaydigan bo’llgg» asardari asoeida teatr spektakllari va kinofilmlar yaratilgan. 2003 yilda shoir tug’ilgan kunning 100 yilligi keng nishonlandi. Vafotidan so’ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2000). As: mukammal asar gar to’plami (12 jildli). 1 — 10-j.lar. T. Saylanma. T.. 2003. Ad.: Mamajonov S. Shoir va zamonaviylik. Mamajonov S. G’afur G’ulom prozasi; T. G’afur G’ulomning lirik poliyalagi Mahorati. T. 1966: Mamajoiov S. Uslub jilolari. T.. 1972: Akbarova.. Gsfur Gulam, G.. 1975: Karimov N.. G’afur G’ulom poeziyasi. T.. 2003: Nazarov B.. G’afur G’ulom olami. T.. 2003: G’afup G’ulom ^amonloshlari xotpraspda. «I.. 2003; Safarov ().. Zamonloshlar gonginingcharoqdarn. G’>\xoro. 2003: G’afur G’ulom Lndijonla, Aplkjon. 2003. Naim Karimov.