G’OVASOY

G’OVASOY — Namangan viloyatidagi daryo. Chatqol tizmasining Janubiy yon bag’ridan boshlanadi. Uzunligi 96 kilometr. Havzasining maydoni 657 kilometr kvadrat. Ohangaron platosida chuqur dara hosil qilib oqadi. G’ova qishlog’i yaqinida Daryo suvi ariqkanallarga olinadi, Sirdaryoga yetmasdan tog’oldi tekisliklarida tugaydi. Daryo havzasida (2600-2700 metr balandlikda) ikkita ko’l bo’lib, Daryo suvining bir qismi shu ko’llardan chiqadi. G’ovasoyning o’rtacha ko’p yillik suv sarfi 6,3 metr/sekund. Qor va muzlik suvlaridan to’yinadi. Daryo suvining 21% ni sizot suvlar tashkil qiladi. Vegetasiya davrida yillik suv oqimining 87% oqib o’tadi. Mart — avgust oylarida suvi ko’payadi. G’ovasoy suvidan Namangan viloyati, Chust va Pop tumanlari ekin maydonlari sug’oriladi.