IDRISIYLAR

IDRISIYLAR — Marokashda hukmronlik qilgan Arab sulolasi (8— 10-asrlar). Idris ibn Abdulloh sulolaga asos solgan. Idris II (792-828) vafotidan keyin Idrisiylar davlati mayda mulklarga (Idrisiylar boshqargan) bo’linib ketgan. Qurtuba xalifaligi qo’shinlari tomonidan tugatilgan (974 yoki 985).