IKITOS

IKITOS — Peruning shimoliy Sharqiy qismidagi shahar. Amazonka daryosidagi port (dengiz kemalari ham kira oladi). Loreto departamentining ma’muriy markazi. Aholisi 367 ming kishi (2000). Neftni qayta ishlash, to’qimachilik, yog’ochsozlik korxonalari bor. Qishloq xo’jalik (paxta, tamaki va sholi) va o’rmon kasbkorligi (kauchuk, tagua yong’og’i, smola tayyorlash) rni markazi. Milliy universitet bor. Shaharga 1863 yilda asos solingan.