IKTIN
IKTIN (Iktinos) — yunon me’mori. Miloddan avvalgi 5-asrning 2-yarmida yashab ijod etgan. 447-432 yillarda Parfenonni (Kallikrat bilan hamkorlikda), Afina orolidagi va Elevsindagi Telasterionni qurgan. Iktin loyihasi bilan qurilgan bassdagi Apollon ibodatxonasi (taxminan miloddan avvalgi 430 yil) da Korinf orderi dastlab namoyon bo’lgan. U qurgan doriy va ioniy orderlarining shakllari uyg’unlashtirilgan.
O‘xshash so‘zlar
- ILASHUVCHI O’SIMLIKLAR
- ILCHA
- ILDAM KALTAKESAK
- Ildiz
- Ildiz
- ILDIZ AJRATADIGAN MODDALAR
- ILDIZ CHIQARISH
- Ildiz chirishi, rizoktonioz




