IMMIGRANTLAR

IMMIGRANTLAR (biologiyada) – butunlay boshqa joyda tug’ilib va rivojlanib, keyinchalik ayni hududga kelib tarqalgan (odamlar olib kelgan va iqlimlashgan) hayvon turlari (turkumlari, oilalari va hokazolar). Masalan, ondatra boshqa mamlakatlar orqali O’zbekistonga Amerikadan olib kelib tarqatilgan.