INILCHIQTOV
INILCHIQTOV, Inilchiq — Markaziy Tyanshandagi tog’ tizmasi, sarijaz daryosi chap irmoqlari havzasida, Qirg’iziston Respublikasi Issiqko’l viloyatida. G’arbdan sharqqa kenglik bo’ylab yo’nalgan, uni Markaziy Tyanshanning Markaziy va Sarijaz tizmalari o’rab turadi. Metamorfik slanes va ohaktoshlardan tuzilgan. Uzunligi 65 kilometr. Eng baland joyi 5697 metr. Yon bag’irlari tik, cho’qqilari konussimon, yalang kryalardan iborat, muzliklar bor.