IRBID

IRBID — Iordaniya shimolidagi shahar. Aholisi 208 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Avtomobil yo’llari tuguni. Don, zaytun yetishtiriladigan qishloq xo’jaligi rayonining markazi. Hunarmandchilikda uy-ro’zg’or asboblari ishlab chiqariladi. Irbidda sanoat zonasi tashkil etilgan.