FERMIONLAR
FERMIONLAR, Fermi zarralar —yarim butun (y birliklarida ‘/2, 72, …) spinga ega bo’lgan zarralar yoki kvazizarralar. Fermionlar safiga kvarklar (va kvarklardan tuzilgan barionlar — proton, neytron, giperon va boshqalar) hamda leptonlar (elektron, myuon, u lepton, neytrinolarning hamma turlari) va ularning antizarralari kiradi. Toq sondagi Fermionlarning bog’langan tizimlari ham Fermionlardir. Fermionlar uchun Pauli printsipi o’rinli, Ayniy Fermionlar tizimi Fermi — Dirak statistikasiga bo’ysunadi.