Stenografiyani kim ixtiro qilgan?
Siz, xuddi gapirganingiz singari tez ham yoza olasizmi? Hoynahoy, yo’q. Biroq juda ko’p hollarda so’zlarni ular talaffuz etilgan tartibda, ustiga-ustak, tez maromda yozib borish talab etiladi. Bunday vazifani hal etish yo’llaridan biri — stenografiya tarzida yozishdir. Stenografiya, agar qisqacha aytadigan bo’lsak, — bu, shartli belgilar bilan tez yozish usuli. Bu, butunlay so’zlarga o’xshamaydigan belgilar keyinchalik ushbu belgilar tizimi bilan tanish bo’lgan odam tomonidan aniqlab o’qilishi mumkin. Stenogramma yozuvda aniqlikni, taxografiya — tezlikni, braxigrafiya — qisqalikni taqozo etadi. Stenografiyalash — bu, zamonaviy ixtiro, deb taxmin qilish mumkin, aslida esa uning yoshi 2000 yilga yaqinlashib qoldi! Qadimgi Rim zamonida notiqlar (Senekadek, masalan) Senatda katta ma’ruzalar qilishgan. Ularni tez va aniq yozib borish kerak edi. Tiro degan rimlik miloddan avvalgi 63 yilda ma’ruzalarni yozib borish uchun shartli qisqartmalar tizimini o’ylab topdi. Tizim shu qadar qulay ediki, uni Rim maktablarida o’qitishar, imperatorlar undan foydalanishar edi: u bir necha asrlar davomida saqlanib qoldi. Tizim asosida so’zlardagi dastlabki harflar, qisqartmalardan foydalanish yotadi. Bu, abbreviaturaning o’ziga xos ko’rinishi. Abbreviaturada faqat undosh harflar qo’llanadi. U shunday bir yo’sinda yoziladiki, uchta har xil yo’nalishni band qiladi va unga bog’liq ravishda qaysi unli harf undoshdan keyin kelishi kerakligi tushunarli bo’ladi. Zamonaviy stenografiya Angliyada, qirolicha Yelizaveta zamonida vujudga kelgan. Bu tizim har bir harf 4 ta har yo’nalishda 4 og’maga ega bo’lishiga yo’l qo’yar va boshlang’ich nuqta 12 ko’rinishda yozilishi mumkin edi. 1837 yilda Isaak Pitman o’zining tovushlarga asoslangan, ya’ni barcha so’zlar ular harfma-harf talaffuz etilgani kabi emas, balki qanday eshitilganiga ko’ra yoziladigan stenografiya tizimini tavsiya qiladi. Unda 24 undoshni ifodalash uchun 26 belgi, shuningdek unlilarni yozish uchun nuqtalar, punktirlar, shtrixlar mavjud. 1888 yilda ingliz Gregg stenografiyalash tizimini takomillashtirdi, u asosan o’sha ko’rinishda bizning kunlarimizda ham amal qilmoqda.