Stounxenj nima?

Qadimgi odamlarning urf-odatlari va turmushini o’rganish uchun, odatda, qazish ishlari o’tkaziladi yoki boshqacha qidirish ishlari amalga oshiriladi. Ammo ba’zi hollarda ajdodlarimiz faoliyatining izlari toshdan qurilgan butun boshli imorat ko’rinishida ko’z o’ngimizda namoyon bo’ladi, biz esa uni kim qurganligini ham, undan qaysi maqsadlarda foydalanganligini ham tushuntirib va izohlab bera olmaydigan mum tishlagan holatga tushib qolamiz! Stounxenj ana shunday tavsifga sazovar misollardan biridir. To’garakda tikka joylashtirilgan yirik tosh taxtalardan tarkib topgan va tuproq istehkomlar bilan o’rab olingan imorat. U Angliya janubidagi Solsberi shahridan aytarli uzoq bo’lmagan makonda joylashgan. Stounxenj xususidagi bizga qadar yetib kelgan ma’lumot 1136 yilga oid bo’lib, unda toshlar keltlar asotirlari qahramoni Merlin tomonidan bu yerga sehrgarlik yordamida olib kelinganligidan xabar beriladi. Shubhasiz, bu bor-yo’g’i go’zal afsona xolos. Ancha keyin paydo bo’lgan farazlar ular qadimgi Britaniyada nasroniylikka qadar bulgan kultlar — ibodat marosimlariga xizmat qilgan Druidlarning bilak kuchi bilan bunyod etilgan, degan tasdiqni ta’kidlaydi. Biroq bu nazariya— qarashni tasdiqlovchi hech qanday dalil-isbot topilmagan. Stounxenj bir qarashda tuyuladigani singari unchalik ham oddiy tuzilmaga ega emas. U tashqaridan handaq bilan qurshalgan bo’lib, bu yerda o’tish uchun unchalik katta bo’lmagan toq qoldirilgan. Handaqdan keyin keladigan pushtaning ichida tuproqqa singishgan 56 ta halqa yasalgan. Ular va markazda joylashgan toshlar o’rtasida tag’in shunga o’xshash ikkita halqa mavjud. Undan nariroqda tikka joylashtirilgan xarsanglardan tarkib topgan ikkita doira va ikkita nimdoiraga ega bo’lgan tosh imoratning o’zi joylashgan. Bundan tashqari, imoratga alohida toshlar ham kiradiki, ular orasida mehrob toshi, murdalar toshi deb ataladiganlari va boshqalari bor. Qazish ishlari o’tkazilgan ko’pgina g’ovlarda mo’miyolangan odamzot jasadi qoldiqlari topilgan. Ularni, shuningdek topilgan idish-tovoqlarni o’rganish va radiouglerod tariqasida o’tkazilgan tadqiqotlar asosida Stounxenj ba’zi bir qismlarining u yoxud bu tomonga 275 yillik ehtimol tutiladigan xato bilan miloddan avvalgi 1848 yilga mansub deb topilgan. Shunday qilib, yoshi 4 000 yil atrofida bo’lgan Stounxenj ochiqligi va tushunarligiga qaramay, hali ham qalblar va o’ylarni to’lqinlantiruvchi jumboqligicha qolmoqda.