FAZOMETR

FAZOMETR, faza o’lchagich — sanoat chastotali o’zgaruvchan tok elektr zanjirlarida kuchlanish va tok kuchi orasidagi quvvat koeffisienti (fazalar siljishi burchagi kosinusi) ni yoki elektr tebranishlari fazalar farqini o’lchash uchun mo’ljallangan asbob. Ishlatilish joylariga kura bir necha xilga bo’linadi. Sanoat chastotalarida fazalar siljishi burchagining kosinusi elektromexanik usulda — logometr (elektrodinamik, ferrodinamik, elektromagnit yoki induktsion) bilan o’lchanadi. Logometr milining ogishi kuchlanish bilan tokning fazalar siljishiga bog’liq. Keng diapazondagi chastotalar uchun mo’ljallangan Fazometr sifatida elektronhisoblash o’lchagichlari qo’llanadi. Elektron Fazometrlar bilan o’lchash elektronmexanik Fazometrlar bilan o’lchashdagidan aniqroq chiqadi.