FAYYUM MANZILGOHLARI
FAYYUM MANZILGOHLARI — Shimoliy Misrning Alfayyum botig’i (dengiz sathidan 45 metr pastda) atrofidagi neolit davri manzilgohlari (miloddan avvalgi 4400-4200 yillar). Qadimda botiq o’rnida ko’l bo’lgan. Kishilar olov yoqish uchun kremniydan, tosh qurollarni silliqlash uchun qayroqtoshlardan foydalanishgan. Ko’plab tosh qurollar (nayza va o’q uchlari) va suyakdan ishlangan buyumlar (to’g’nog’ichlar, sanchqilar) topilgan. Turar joylar yonida dumaloq shakldagi don o’ralari bo’lgan. Fayyum manzilgohlari aholisi dehqonchilikdan tashqari chorvachilik (buqa, qo’y, echki va cho’chqalar boqish) bilan shug’ullangan.