FARADEY EFFEKTI
FARADEY EFFEKTI — magnitooptika effektlaridan biri. Doimiy magnit maydon chiziklari bo’ylab moddada tarqalayotgan yassi qutblangan elektromagnit nurlanish (masalan, yorug’lik) qutblanish tekisligining burilishidan iborat. 1845 yilda M. Faradey kashf etgan. Faradey effekti moddada magnit maydon chiziqlari bo’ylab tarqalayotgan o’ng va chap doiraviy qutblangan elektromagnit to’lqinlarning fazaviy tezligi bir-biridan farqli bo’lishi bilan tushuntiriladi. Yassi qutblangan to’lqinni o’ng va chap doiraviy qutblangan to’lqinlar yigindisidan iborat deb qarash mumkin. Qutblanish tekisligining burilish burchagi 6 magnit maydon kuchlanganligi N va yorug’likning magnit maydonda o’tgan yo’li / ga proportsional: v=u1n, bunda V — moddaning xossalari, trasi va nurlanishning to’lqin uzunligiga bog’liq bo’lgan proportsionallik koeffisienti bo’lib, Verde doimiysi deb ataladi. Faradey effekti barcha elektromagnit to’lkinlar uchun o’rinli bo’lib, ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.