FERGANIT

FERGANIT (Farg’ona vodiysida topilgan, nomi shundan) — uranli slyudalar guruhiga mansub ikkilamchi litiyli mineral. Kimyoviy tarkibi U3[VOJ 6N2O. Qattikligi 22,5, zichligi 3,3 g/ sm’. Romb singoniyada kristallanadi. Yaproqcha va tangachalar shaklida, ochsariq kristallar ko’rinishida uchraydi. O’ta radioaktiv, mumsimon yaltiraydi. Uranli cho’kindi va magmatik jinslarning nurash zonasida hosil bo’ladi. Ferganit AQShning Kolorado shtati va boshqa joylarda topilgan.