FERMA (FERMAT) PER
FERMA (FERMAT) PER (1601.17.8, Bomondeloman — 1665.12.1, Kastr) — frantsuz matematigi. 1631 yildan Tuluzada parlament maslahatchisi. Bir necha asar muallifi bo’lib, ularning ko’pchiligi Ferma vafotidan keyin ugli tomonidan «har xil matematik asarlar» (1679) nomi bilan nashr ettirilgan. Ferma hayotligida uning ishlari maktublari va shaxsiy aloqalari orqali boshqa olimlarga ma’lum bo’lgan. Ferma darajalarni differentsiallashning umumiy qonunini yaratdi va uni kasrli darajalarga tatbiq etdi. Koordinatalar usulini rivojlantirib, to’g’ri chiziq va ikkinchi tartibli chiziqlar tenglamalarini berdi. Hamma ikkinchi tartibli chiziklar — konus kesimli egri chiziklar ekanligini isbotlab, analitik geometriyaga asos soldi. Ekstremumlarni topish qoidasini yaratdi. Sonlar nazariyasida ikkita mashhur teorema, ya’ni fermaning buyuk teoremasi va fermaning kichik teoremasi Ferma nomi bilan bog’liq. Ferma fizikada geometrik optikaga asos soldi. Differentsial hisob va integral hisobida Fermaning hissasi katta.