FERRARA MAKTABI

FERRARA MAKTABI — Uyg’onish davri Italiya rassomligi maktabi. A. Mantene, Pero della Francheska, qisman niderland rangtasviri ta’sirida Ferrara shahrida shakllangan, eng taraqqiy etgan davri 15-asr 2-yarmiga to’g’ri keladi. Ferrara maktabining yirik vakillari ijodiga so’nggi gotika bilan ilk Uyg’onish davri an’analarining doimiy qo’shilishi, obrazlarning jo’shqinligi, shaklning nafis va qat’iyligi xos bo’lgan (K. Tura, F. del Kossa, E. Roberti va boshqalar). 16-asr boshida Ferrara maktabi Rim va Venesiya maktablari b-n yaqinlashib, eklektizm xususiyatlariga ega bo’ldi (Garofalo, akauka B. va D. Dossi, Ortolano), 16-asr o’rtalarida inqirozga uchradi.