FERMIY
FERMIY (lotincha Fermium), Fm — sun’iy radioaktiv kimyoviy element; aktinoidlarta mansub. Tartib raqami 100, atom molekulasi 257,095. Massa soni 243 dan 259 gacha bo’lgan izotoplari ma’lum. 1953 yilda termoyadro quroli portlashida (-5parchalanish mahsuloti sifatida kashf qilingan. 1955 yilda italiyalik fizik E. Fermi nomiga qo’yilgan. Fermiy izotoplarining ichida yengillari (a ~252Fm) uran (U) ni kislorod (|6O) ionlari bilan yoki Kaliforniy (Cf) ni azarrachalar bilan bombardimon qilib, og’irlari (235 ^255 Fm) U va plutoniy (Pu) ni yadro reaktorlarida nurlantirib, (256Fm) esa eynshteyniy (Es) ni azarrachalar bilan bombardimon qilib olinadi.