FILIPPIN DENGIZI
FILIPPIN DENGIZI – Tinch okeanning orollararo dengizi, g’arbda Yapon, Tayvan va Filippin orollari bilan, sharqda suv osti tizmalari, Janubi Sharqda Yan va Palau orollari oralig’ida. Maydoni 5726 ming kilometr kvadrat. Eng chuqur joyi 10265 metr. Filippin va G’arbiy Mariana soyliklarini o’z ichiga oladi. Yuza oqimi deyarli yopiq antisiklon tsirkulyasiyasini hosil qiladi. 10° va 20° sh.k. orasidan Shimoliy Passat oqimi o’tadi. Tayvan oroldan sharqda Kurosio okimi yuzaga keladi. Suvining temperaturasi yozda 28°, qishda Janubda 28° dan shimolda 18° gacha. Sho’rligi 34,5 %o. Suv ko’tarilishi har yarim sutkada takrorlanadi, balandligi 2 metrgacha.