FINAL

FINAL (lotincha finis — oxir, nihoya) — 1) tamom bo’lish, tugallash, yakun, masalan, sport musobaqalarida g’oliblar aniqlanadigan yakuniy uchrashuv; 2) (musiqada) — sahnaviy (opera, balet) va cholg’u (simfoniya, Sonata kabi) turkumli musiqa asarlarining xotima qismi. Asarning badiiy mazmunini umumlashtirib, mavzularning dramaturgik rivojiga yakun yasaydi. Opera Finali butun asar yoki muayyan parda kulminatsiyasini o’z ichiga oladi, jadal rivoji, dramatizm yoki tantanavor xarakteri b-n ajralib turadi. Cholg’u Final ko’pincha tez sur’at, raqsbop ritmlar, jonli kayfiyatga asoslanadi.