FANTAZIYA, HAYOL

FANTAZIYA, HAYOL — hayotda inson tomonidan idrok etilmagan tasavvur va xayoliy xrlatlarning vujudga kelishidan iborat psixik faoliyat. U insonning badihago’ylik qobiliyati, badiiy to’qimalarga ustaligi, topag’onligi, ixtiroga moyilligi, antiqa, aqlga to’g’ri kelmaydigan holatlarni ro’yobga chiqarishga uquvchanligi kabilarda namoyon bo’ladi. Fantaziya inson ongida vujudga kelishidan e’tiboran borliqning qiyofasini o’zgartirishga yo’nalgan bo’ladi. Masalan, bola o’zini kosmonavt sifatida his qiladi, konstruktor rolini bajaradi, syujetli o’yinlarda muayyan qahramonlar obrazini ijro etishga kirishadi. Fantaziya tufayli eshitmagan, ko’rmagan narsa va hodisalarni tasavvur qiladi: cho’plardan ot qiyofasini, stuldan xarakatlanuvchi texnikani, qushlardan tezkor uchish apparatini, suv osti ajoyibotlaridan suzish asboblarini takomillashtirishni xayolan o’ylaydi. Shu jihati bilan Fantaziya ulkan badiiy, ilmiy va ma’rifiy qimmatga ega. Shaxsning ijodiy faoliyati negizida Fantaziya ishtirok etmasdan iloji yo’q. Fantaziya shaxs amalga oshirishni xohlaydigan obrazlar shaklida gavdalanadi hamda ichki aqliy faoliyatga aylanadi. Odamlar atrof muhitni faol ijodiy izlanishlari (hayolot timsollari, Fantaziya) tufayli o’zgartiradi.