IVAN III VASILYEVICH
IVAN III VASILYEVICH (1440.22.1 — 1505.27.10, Moskva) — Moskvaning ulug’ knyazi (1462-1505). Vasiliy II Tyomkiyning o’g’li. Ivan I davrida yagona Rossiya davlatining hududiy yadrosi shakllangan va Markaziy davlat apparati tuzila boshlagan; Yaroslavl (1463), Novgorod (1478), Tver (1485), Vyatka (1489). Perm va boshqalar Moskva atrofida birlashtirilgan; mo’g’ullar istibdodiga barham berilgan («Ugradagi turish» 1480); 1497 yil Sudebniki tuzilgan, Moskva Kremli qayta qurilgan — yangi sobor, minora, saroylar bunyod etilgan. Rus davlatining xalqaro e’tibori oshgan; «butun Rusning ulug’knyazi» unvoni rasmiylashtirilgan.