IGOR
IGOR (? — 945) — Kiyevning ulug’ knyazi (912 yildan). Ryurikovichlar sulolasining dastlabki knyazi. Igor o’zidan oldingi Knyaz Olegning ishini davom ettirib, Dnestr va Dunay daryolari oralig’idagi Janubiy slavyan qabilalarini bo’ysundirgan, drevlyanlar qo’zg’olonini bostirgan. 913 yil Igor qo’shinlari Kaspiy qirg’oqlari bo’ylab Bokugacha borgan, 941 va 944 yillarda Vizantiyaga yurish qilib g’alaba qozonolmagach, shartnoma tuzgan. Igor drevlyanlardan ikkinchi marta soliq undirish paytida o’ldirilgan.