FAYOZOV VAHOBJON SOBIROVICH
FAYOZOV VAHOBJON SOBIROVICH (1912.8.10, Qo’qon -1974.2.8, Urganch) — aktyor, rejissyor, xonanda (lirik tenor). O’zbekiston xalq artisti (1950). O’z faoliyatini 1932 yil Ko’qon temiryo’lchilar klubi qoshidagi ishchilar teatrida boshlagan. 1933-34 yillar Qo’qon teatrida, 1934 yildan Ogahiy nomidagi Xorazm teatrida ishlagan. G’arib (M. Yunusov, S. Samandarov, «oshiq g’arib va Shohsanam»), Tohir (S. Abdulla, «Tohir va Zuhra»), Jaloliddin (M. Shayxzoda, «Jaloliddin Manguberdi»), Majnun, Farxrd (Xurshid, «Layli va Majnun», «Farhod va Shirin»), Husayn Boyqaro (Uyg’un, I. Sulton, «Alisher Navoiy»), G’ofir (Hamza, «boy ila xizmatchi»), Toshbolta (H. G’ulom, «Toshbolta oshiq»), Mullado’st (Hamza, «Maysaraning ishi»), Abror (uygun, «parvona»), Nurbobo (I. Sulton, «noma’lum kishi»), Mirzakarimboy (Oybek, «qutlug’qon») obrazlarini yaratgan. Fayozov ijodi xissiyotlar to’lqini, buyuk insoniy fazilatlarni mohirona ocha olishi bilan e’tiborli bo’lib, obrazlari hayotiyligi, yuksak ijro saviyasi bilan ajralib turadi. Xonanda sifatida «Feruz 1,2», «Xorazm Chorgohi», «Dugoh», «Yorim bergan oq ro’mol», «Faribdurmen» kabi ashulalarni baland avjda chiroyli va yoqimli aytgan. Rejissyor sifatida «boy ila xizmatchi», «paranji sirlari» (Hamza), «shohi so’zana» (A. Qahhrr), «makr va muxabbat» (F. Shiller), «Muqimiy» (S. Abdulla) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Matyoqub Rahimov, Komiljon Otaniyozov va boshqalar uning shogirdlaridir.