FAZA

FAZA (Yunoncha phasis — paydo bo’lish) — 1) biror jarayon (ijtimoiy, geologik va boshqalar)ning taraqqiyot yo’lidagi davr; 2) fizikaning tebranishlar nazariyasi — muayyan vaqtning har bir momentida tebranish jarayoni holatini ifodalaydigan kattalik. Davr ulushlarida, burchak yoki yoy birliklarida o’lchanadi. Garmonik tebranish qarakatining tenglamasi jc=Asin (wt+ f) da cot+f tebranishning to’liq (o’zgaruvchan), f — boshlang’ich vaqt nolga teng bo’lgandagi (o’zgarmas) Fazasidir; 3) termodinamikada — tizimning boshqa qismlari bilan aniq chegara orqali ajralib turgan, bir jinsli va xossalari bir-biridan farq qiladigan hamda mexanik usul orqali ajratib olinishi mumkin bo’lgan har bir qismi. Suvmuzsuv bug’i (gaz) bir komponentli tizim bo’lib, u uchta Fazadan tashkil topgan. Agar berk idishdagi suvga ma’lum mikdorda simob, muz va temir parchalari solinsa, vaqt o’tishi bilan muvozanat holati yuzaga keladi va 2 qattiq faza — muz va temir hamda 2 suyuk, faza — suv va simob va, nihoyat, bitta gazdan iborat 5 fazali tizim hosil bo’ladi. Har qanday tizim bir qancha qattiq Fazadan, bir qancha suyuq Fazadan va bittadan oshmaydigan gazsimon Fazadan tashkil topgan bo’lishi mumkin. Modda har bir F.da termodinamik muvozanat holatida bo’ladi. Bu holat fizik xossalari bo’yicha moddaning boshqa muvozanat holat (boshqa faza) laridan farq kidali. Modda bir Fazadan boshqa Fazaga o’tganda uning xossalari sifat jihatidan o’zgaradi. Yuqori temperatura va bosimda modda plazma holatiga o’tadi. Turli kristall Fazalari bir-biridan elektr o’tkazuvchanligi, elektr va magnit momentlari, o’ta o’tkazuvchanligi, kristall tuzilishi va boshqalar bilan farq qiladi. Turli suyuqlik Fazalari ham bir-biridan kontsentrasiyasi, o’ta oquvchanligi, elektr xossalari va boshqalar bilan farqlanadi; 4) elektrotexnikada — ko’p Fazali, xususan, 3 Fazali liniyadagi o’tkazgichlardan biri.