FAZAVIY O’TISH
FAZAVIY O’TISH — keng ma’noda — tashqi sharoit (temperatura, bosim, elektr va magnit maydonlari va boshqalar)lar o’zgarishi natijasida moddaning bir fazadan boshqa fazaga o’tishi; tor ma’noda — tashqi parametrlar uzluksiz o’zgarganda modda fizik xususiyatlarining sakrab o’zgarishi. Masalan, gazning sug’oqlikka, suyuqlikning qattiq jismga aylanishi, metallning ferromagnit holatidan paramagnet holatiga o’tishi va boshqalar. Kristall qattiq moddalarning bir agregat holatdan ikkinchi agregat holatiga o’tishi Fazaviy o’tishning xususiy holidir. Umuman Fazaviy o’tishda tizimni izohlovchi parametrlar sakrab o’zgaradi. Misol uchun gazsimon holatdan suyuqlikka va suyuqlikdan qattiq holatga o’tishda zichlik qiymati keskin o’zgaradi. Fazaviy o’tish sodir bo’ladigan temperatura, bosim yoki boshqa fizik kattaliklarning qiymatini faza o’tishi nuqtasi deyiladi. I tur va II tur Fazaviy o’tish mavjud. Moddaning bir fazadan ikkinchp fazaga utishi issikdik yutilishi yoki ajralib chiqishi bilan sodir bo’lsa, bunday o’tishlar birinchi tur Fazaviy o’tish deb ataladi. Erish va qotish, bug’lanish va kondensatlanish, moddalarning polimorf almashinishlari, magnit maydonida sof o’ta o’tkazgichning normal holatiga o’tishi I turdagi Fazaviy o’tishlarga misoldir. Agar Fazaviy o’tishda issiqlik miqdori yutilmasa yoki ajralib chiqmasa, bunday o’tishlar II tur Fazaviy o’tish deb ataladi. Ikkinchi tur Fazaviy o’tishga quyidagi misolni keltirish mumkin: geliy gazsimon, qattiq va ikki xil suyuq fazada bo’ladi. Agar gazsimon holatdagi geliyni bosimi bir ATM bosimiga teng bo’lgan sharoitda sovitib, temperatura 4,2 K ga yetkazilsa, u gazsimon holatdan suyuq holatga o’tadi. temperatura yana pasaya borib, 2,17 K ga teng bo’lganida esa geliy birinchi suyuq holatdan ikkinchi suyuq holatga o’tadi, bunda hech qanday issiqlik yutilmaydi ham, ajralmaydi ham. Lekin o’tish temperaturasidan yuqori temperaturalarda yopishqoqlik taxminan 210~5 Pz bo’lgan bo’lsa, o’tish temperaturasidan past temperaturalarda u nolga teng bo’ladi. Ya’ni, 2,17 K dan past tralarda geliy ugla okuvchanlik xususiyatiga ega bo’lib qoladi. Bundan tashqari, temir, nikel kabi elementlar va turli qotishmalarning har bir moddasi uchun aniq Kyuri nuqtasi deb ataluvchi trada ferromagnit holatdan paramagnit holatga o’tadi, mutlaq nolga yaqin temperaturalarda esa elektr qarshiliklari sakrab kamayadi va boshqaalr.