KABIR
KABIR (taxminan 1440—taxminan 1518) — hind shoiri. Ijodi hind tilidya bo’lib, 80 ga yaqin asar yaratgan (ularning aksariyat qismi sikhlarning muqaddas kitobi «Azaliy kitob»ga kiritilgan). Kabir bxatining, Xudo oldida hamma barobar, degan diniy ta’limoti targ’ibotchilaridan biri. Ijodi diniy islohotchilik harakati — bxakti bilan chambarchas bog’liq bo’lib, hind adabiyoti tarixida yangi bosqichni boshlab bergan. Uning ijodida hindulik va Islom dini, hind, fors mumtoz badiiy an’analari uyg’unlashib ketgan. Jamoatning tabaqalarga bo’linishiga qarshi chiqqan.