KABRAL

KABRAL (Cabral) Pedru Alvarish (1460-1526) — portugaliyalik dengizchi sayyoh. 1500 yilda qirol Manuel 1 tomonidan Vasko da Gama marshruti bo’yicha savdo maqsadlarida Hindistonga boradigan flotiliyaga qo’mondon qilib tayinlandi. Yashil burun orollaridan Janubga yo’l olgan kemalar g’arbga qarab yo’nalishini o’zgartirdi va 1500 yil 22 aprelda 17° j.k.da Orol deb ishongan holda yangi yerni kashf qildi va uni Vera-krush yeri deb nomladi (o’sha yili u Santa-krush deb qayta nomlandi, bir necha yildan keyin esa Braziliya — Brasil degan norasmiy nom asosiy nom bo’lib qoldi). So’ngra Kabral sharqqa — yaxshi Umid burniga tomon yo’l oldi va 1500 yil sentyabr oyida Hindistonning Kalikut shahriga yetib bordi. Mahalliy aholining portugallar bilan savdo qilishdan bosh tortganliklari uchun kelgindilar shaharni vayron qilishdi. Qo’shni Kochin va Kanannur port shaharlari bilan portugallar uchun foydali shartnomalar tuzib, 1501 yilda u yerdan chiqib ketdi.