KAVALERI

KAVALERI (Cavalieri) Bonaventura (1598, Milan — 1647.30.11, Bolonya) — italiyalik matematik. 1629 yildan Bolonya universitetida matematika kafedrasini boshqargan. «Geometriya» asarida yuza va hajmlarni aniqlashning yangi usuli («bo’linmaslar usuli»)ni ishlab chiqqan (1635). Kavalerida yassi figuralarning parallel vatarlari yoki fazoviy figuralarning parallel kesimlari bo’linmas hisoblanadi. Kavaleri bu figuralar uchun bo’linmas yig’indilar tushunchasini kiritgan. Kavaleri ishlari cheksiz kichik miqdorlarni hisoblashning shakllanishida katta rol o’ynagan.