KAVSAR
KAVSAR (Arabcha — mo’l-ko’l) — islomga ko’ra, jannatdagi ajib bir daryo yoki hovuzning nomi. Qur’oni Karimdagi 108-sura ham «Kavsar» deb ataladi. Tafsir va hadislarda aytilishicha, Kavsar ning suvi asaldan totli, qor va sutdan oq bo’lib, undan ichgan kishi abadiy tashnalik bilmaydi. Shuningdek, qiyomat kuni Jannat nasib etgan mo’min-musulmonlar mazkur Kavsar suvidan ichishlari to’g’risida bashorat beriladi.