FALTSET
FALTSET (lotincha falso — soxta so’zidan) — erkak ovozining eng yuqori registri. Tovushlar bosh chanog’i rezonatori yordamida chiqariladi. Tembrida qo’shimcha tovush (oberton)lar kamligi bilan asosiy registrlardan farq qiladi (nomi shundan). Falya Manuel de (1876.23.11, Kadis, Ispaniya — 1946.14.11, Altagrasiya, Argentina) — ispan kompozitori, pianinochi, dirijyor. 20-asr musiqa namoyandasi. Madrid konservatoriyasida ta’lim olgan (1896-98). Milliy musiqa jamiyatiga (1914), Milliy musiqa (Kante Xondo) festivaliga (F.Garsiya Lorka bilan birgalikda, 1912) asos solgan. 1907-14 yillar Parijda, 1939 yildan Argentinada yashagan. Faltset ijodi ispan kompozitorlik san’ati cho’qqisidir. Ijodida milliy musika an’analari (Kante Xondo, menestrellar san’ati, milliy romans, Servantes davridagi professional musiqa va boshqalar) bilan 20-asr Yevropa musiqa yutuqlari uyg’unlashgan. Uslubi aniq mavzulari va bayonning qisqaligi, nozik did bilan sayqallangan shakllar, orkestr bo’yoqlarining boyligi bilan ajralib turadi. «Qisqa umr» operasi (1905), «Sexrgar muhabbat» (1915) va «Treugolka» (1919) baletlari, vokal turkumlari («7 ta ispan xalq qo’shig’i», 1914 va boshqalar), fortepiano («Betik fantaziyasi», 1919 va boshqalar), gitara («Debyussi xotirasiga», 1920), turli ansambl va kontsert asarlari mashhur. Fortepiano va orkestr uchun yozgan «ispan bog’laridagi tunlar» syuitasi (1913) hamda boshqa asarlarida musiqiy impressionizm tamoyillari o’z aksini topgan.