FLOT

FLOT (Fransuzcha) — 1) muayyan vazifani bajaradigan (transport Flotti, ovchilik Flotti, harbiy-dengiz Flotti), biron turdagi (yelkanli Flot, galerali Flot, dizel Flot) yoki dislokatsiya hududiga mansub (qora dengiz Flotti) kemalar majmui; 2) yirik davlatlar harbiydengiz Flottining okean (dengiz), jang maydonida harbiy harakatlar olib borish uchun mo’ljallangan operativ qo’shilmasi. Turli kuchlar qo’shilmasidan — suv osti va suv usti kemalari, dengiz aviatsiyasi, dengiz piyodalaridan tarkib topgan. Flotga qo’mondan rahbarlik qiladi. Flot tarkibiga Flot shtabi va boshqa boshqaruv organlari, shuningdek, turli xizmatlar (front orti, aloqa, qurolyarog’, kemalarni ta’mirlash va boshqalar) kiradi.