KOGA
KOGA, Kioga — Afrikadagi ko’l, Ugandada. 1029 metr balandlikda joylashgan. Maydoni 2,6 ming kilometr kvadrat, chuqurligi 3-5 metr, uzunligi 120 kilometr. Qirg’oqlari kuchli parchalangan. Koga Viktoriya ko’lini ham o’z ichiga olgan juda katta suv havzasining qoldig’i. Ko’l qamish va papirus bilan qoplangan. Koga orqali Viktoriya-Nil daryosi oqib o’tadi. Baliq ovlanadi.