KESON
KESON — KXDRning Janubiy qismidagi shahar. Ma’muriy jihatdan provintsiyaga tenglashtirilgan. Aholisi 180 ming kishidan ziyod (1990-yillar boshlari). Transport yo’llari tuguni. Jenshen o’simligini etishtirish va uni qayta ishlash rayonining markazi. To’qimachilik, oziq-ovqat, aniq mashinasozlik sanoati korxonalari mavjud. Sondo instituti, muzey, teatrlar bor. 10— 14-asrlarda Keson Koreya davlatining poytaxti bo’lgan. 11 —14-asrlarga oid Pagodalar saqlangan.