ILINA TATYANA GEORGIYEVNA
ILINA TATYANA GEORGIYEVNA (1920. 26.6 — Toshkent) — ko’z kasalliklari bo’yicha mutaxassis. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1980), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan vrach (1969), tibbiyot fanlari Doktori (1971), professor (1973). Toshti ni tugatgan (1942). Ko’z kasalliklari kafedrasi professor (1972— 80); mudiri (1980-88), 2-toshtida kafedra mudiri (1989-91), professor (1991-94), 1994 yildan professor konsultant. Traxoma, glaukoma (nazla) kabi xastaliklar, shuningdek, ishemik kasalliklar, gipertoniya, qand kasalligi, ateroskleroz, podagra, buyrak va jigar kasalliklarida ko’z tomirida bo’ladigan o’zgarishlar ustida tadqiqot olib borgan. O’zbekistonda birinchi bo’lib odam va hayvonlar ko’zi to’qimalaridagi mikroelementlarni radio-aktivatsion tahlil qilish usulini ishlab chiqqan.