IMPULSLI LAMPA
IMPULSLI LAMPA — intensivligi juda yuqoi bo’lgan qisqa vaqtli yorug’lik impulsi (chaqnash) hosil qiladigan gaz-razryadli yorug’lik manbai. Ishi, masalan, inert gazda kondensatlangan uchkun razryadida paydo bo’ladigan yoki metall folga (zarqog’oz) kislorodda yonganda hosil bo’ladigan plazma nurlanishidan foydalanishga asoslangan. Impulsli lampa uzluksiz yonadigan gaz-razryadli yorug’lik manbalaridan tok zichligi va plazma temperaturasining yuqoriligi (300000 K ga yetishi) bilan farq qiladi. Naychali va sharli xillari bor. Fotografiyada (masalan, suratga olish paytida chaqnaydigan lampa), optik lokatsiyada, yorug’lik signalizasiyasida, avtomatika va telemexanika qurilmalarida, fotokimyo va matbaada qo’llaniladi.
O‘xshash so‘zlar
- Impuls
- Impuls reaktor
- Impulsiv mayllar
- Impuls nima degani
- IMPULSLAR TEXNIKASI
- IMPULSLAR GENERATORI
- Impuls (ichki turtki)
- Impulsli yong’in o’chirish moduli


