INNOVATSIYA BANKI
INNOVATSIYA BANKI — asosan, texnik va texnologik yangiliklarni, eng yangi ishlanmalarni takomillashtirish, venchur kapitalni kreditlash bo’yicha bank operasiyalarini amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan bank. Asosiy kapitali o’z mablag’lari hisobidan va mijozlar qo’yilmalari hisobidan tashkil topadi. Bunday banklarning kreditlari, odatda, uzoq muddatga beriladi. 1958 yilda tashkil etilgan Yevropa investitsiya banki jahondagi eng yirik Innovatsiya bankidir. O’zbekistonda Innovatsiya banki vazifalarini bajaradigan «Ipak puli» aktsiyadorlik innovatsiya banki 1990 yil dekabrdan faoliyat ko’rsatadi.